Nigeriya shimoli-sharqidagi Mayduguri shahri universiteti xavfsizlik xizmatining to‘rt nafar xodimi uch nafar xudkush terrorchi tomonidan ushbu universitetga uyushtirilgan hujum oqibatida jarohatlar oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, jangarilar Kalashnikov avtomati va ikki qo‘lbola portlovchi uskunalar bilan qurollangan edi. Ular portlovchi uskunalarni oliy ta’lim muassasasi hududida harakatga keltirgan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, xudkushlardan biri ayollar yotoqxonasi oldida o‘zini portlatgan, ikkinchi portlash esa veterinariya tibbiyoti fakulteti binosi oldida amalga oshirilgan.
Terakt oqibatida to‘rt nafar xavfsizlik xodimi yaralandi. Qurbonlar yo‘q. Barcha terrorchilar yo‘q qilindi.
Izoh (0)