O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 2017-yil 21-may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 19—20-may kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi.
Izoh (0)