O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Latviyaga rasmiy tashrifi davomida Riga erkin portiga tashrif buyurdi va uning rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.
Riga porti boshqarmasi O‘zbekiston bilan hamkorlik Latviyaning butun transport sohasi uchun foyda keltirishini ma’lum qildi. Bunday hamkorlik Rossiyadan tranzit yuklar oqimi qisqarayotganligi muqobillarini ta’minlashi mumkin.
“O‘zbekiston Riga porti uchun muhim hamkor va bozor hisoblanadi”, — deydi Riga porti vakili.
O‘zbek tomoni O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropa mamlakatlari bozorlariga eksportini rivojlantirishga ko‘mak berishda port korxonalari imkoniyatlariga qiziqish bildirdi.
Izoh (0)