2017-yilning 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Eron Islom Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Bahman Og‘oroziy Do‘rmoniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning amaliy masalalari, jumladan 2017-yil 11—12-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Forumining 12-yig‘ilishi yakunlari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur Forum ishida Eron ShHT kuzatuvchi davlati sifatida ishtirok etdi.
Izoh (0)