• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Akmal Saidov: BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining O‘zbekistonga kelishi tarixiy tashrif bo‘ldi

    BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi delegatsiya shu yil 10—12-may kunlari O‘zbekistonda bo‘ldi va Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. O‘zbekiston elektron OAV milliy assotsiatsiyasi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov bilan mazkur tashrif ahamiyati, natijalari va tafsilotlari haqida suhbat uyushtirdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    —BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi 1993-yili Ikkinchi umumjahon anjumanida Vena shahrida qabul qilingan qaror asosida tashkil etilganini ta’kidlash lozim, — dedi A.Saidov. — BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi mazkur xalqaro tashkilot tizimida inson huquqlarini himoya qiluvchi asosiy organ bo‘lsa, Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar o‘zining huquqiy maqomiga ko‘ra BMT Bosh kotibining o‘rinbosari hisoblanadi.Bu yuksak martaba egasi BMT tizimida inson huquqlari bo‘yicha birinchi shaxsdir. Sodda qilib aytganda, Oliy komissar inson huquqlarining dunyodagi birinchi himoyachisi sanaladi.

    — Hozirgi oliy komissar shaxsi va faoliyati haqida qanday ma’lumotlar bera olasiz?

    – BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 4 yilga saylanadi. BMT Oliy komissari 1993-yildan shu kunga qadar 7 marta saylangan. Zayd Raad al-Husayn yettinchi Oliy komissardir. U AQShning Jons Xopkins universitetida gumanitar fanlar bakalavri va Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida falsafa doktori darajasini olgan. Arab, ingliz va fransuz tillarini biladi. Iordaniya Hoshimiylar davlati fuqarosi, shahzoda, Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) avlodlaridan.

    Zayd Raad al-Husayn diplomatiya sohasida ko‘p yillik katta amaliy tajribaga ega. Iordaniyaning AQShdagi elchisi, shuningdek, BMTdagi doimiy vakili sifatida faoliyat yuritgan. U xalqaro huquq, xalqaro jinoiy sudlov, tinchlikparvarlik operatsiyalarini amalga oshirish va yadroviy terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha mutaxassisdir. 

    Zayd Raad al-Husayn 2014-yil 1-sentabrda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari etib tayinlangan va Osiyo qit’asining ushbu lavozimdagi ilk namoyandasi, qolaversa, musulmon dunyosidan ham birinchi vakildir. BMT Oliy komissari sifatida 24 ta mamlakatga tashrif buyurgan. O‘zining qat’iy nuqtayi nazariga ega bo‘lib, aksariyat davlat rahbarlarini ham jiddiy tanqid qilgan. 

    BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining O‘zbekistonga tashrif buyurishi so‘ralgan hukumatimiz taklifini Zayd Raad al-Husaynga joriy yil 1-martida Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvimiz chog‘ida topshirgan edim. 

    —O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Zayd Raad al-Husayn bilan muloqoti haqida so‘zlab bersangiz.

    —BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari mamlakatga tashrifi davomida ko‘plab muzokaralar, xususan, 10 ta uchrashuv o‘tkazdi. Albatta, eng muhim uchrashuv Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan o‘zaro samimiy muloqotidir. Tashrif yakunlari bo‘yicha mahalliy va chet el ommaviy axborot vositalari uchun o‘tkazilgan matbuot anjumanida janob Zayd Raad al-Husayn mamlakat rahbari bilan qariyb 1,5 soatlik muloqotda juda ko‘plab masalalarda amaliy kelishuvlarga erishilganini e’tirof etdi.

    – Davlat rahbari uchrashuv davomida aynan qaysi masalalarga e’tibor qaratdi?

     — Prezident birinchi navbatda O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha yondashuvlarining asosiy nuqtalarini bayon qildi. Bunda inson huquqlarini har tomonlama himoya qilish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tarkibiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishi ekani alohida qayd etildi. O‘zbekistonning asosiy maqsadi demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishdan iborat bo‘lib, xalqning bu ongli tanlovi milliy manfaatlarimizga to‘liq javob beradi.

    O‘zbekistonda inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha samarali qonunchilik tizimi yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan bir qatorda 16 ta kodeks va 400 dan ortiq qonun qabul qilingan. Mamlakatda Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi bo‘lib inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarga asos solingan. Xususan, 1995-yilda Parlament Ombudsmani lavozimi joriy etildi. U inson huquqlariga oid masalalarni o‘rganish va hal etish bo‘yicha ko‘plab vakolatlarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda o‘z vakillariga ega. Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz faoliyat ko‘rsatayotaniga 20 yildan oshdi.

    Yaqinda tasdiqlangan va mohiyatiga ko‘ra BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishning “yo‘l xaritasi”ga aylangan “2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyati qurishni takomillashtirishga doir yaqin istiqbolga mo‘ljallangan aniq chora-tadbirlar dasturi belgilandi.

    Joriy yil mamlakatda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili, deb e’lon qilindi. Odamlarning talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish, huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Joylarda tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari aholining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

    Shuningdek, Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi ochildi. Prezident devoni tarkibida inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi uchta yangi tuzilma tashkil etildi. Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sudga daxli bo‘lmagan yangi mexanizm – Biznes-Ombudsman tuzildi.

    Inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda Oliy Majlis palatalari faol ishtirok etmoqda. “Harakatlar strategiyasi” doirasida joriy yilda qariyb 50 ta qonun hujjati qabul qilinadi. Shu jumladan, ichki ishlar idoralari, korrupsiyaga qarshi kurashga doir qonunlar allaqachon amal qilmoqda. Parlament nazorati izchillik bilan joriy etilmoqda. Hukumat a’zolari parlamentga hisobot bermoqda. Deputatlar har oyda 10 kun joylarda bo‘lib, haqiqiy ahvolni o‘rganmoqda.

    O‘zbekistonda o‘lim jazosi bekor qilingan. “Xabeas-korpus” instituti bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Mamlakat mahkumlar eng kam davlatlar qatoriga kiradi. 

    Sudyalarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan qarorlar qabul qilindi. Yangi institut – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi joriy etildi. Sudyalik muddatlariga qat’iy aniqlik kiritildi. 

    O‘zbekistonda ochiq fuqarolik instituti rivojlanmoqda. Mamlakatda 8 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. 

    O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 70 dan ziyod xalqaro hujjatga, jumladan, BMTning o‘nta shartnomasiga qo‘shilgan. Bugungi kunda ushbu hujjatlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan yaqin hamkorlikda ko‘rilgan ta’sirchan choralar tufayli bolalarning majburiy mehnatidan foydalanish illatiga barham berildi. Bularning barchasi O‘zbekiston inson huquqlari va qadriyatlarini tan olishi hamda o‘zining xalqaro manfaatlariga sodiq ekanining yorqin ifodasidir.

    Prezident o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashish asnosida O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha barcha yo‘nalishlarda Oliy komissar boshqarmasi va uning mintaqaviy ofisi bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

    Xususan, davlat rahbari “Harakatlar strategiyasi” doirasida, birinchidan, sud-huquq islohotlari va qonun ustunligini ta’minlash, ikkinchidan, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni yanada yaxshilash, uchinchidan, inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlarni mustahkamlash, to‘rtinchidan, inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikka shayligini ma’lum qildi.

    – BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Prezident qabulida va boshqa uchrashuvlarda asosan qaysi mavzularga urg‘u berdi?

    — Bu haqda so‘z borganda, albatta, Zayd Raad al-Husayn O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yuksak e’tibor qaratilayotgani va bu borada amaliy choralar ko‘rilayotgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik izhor etganini qayd etish lozim. Shuningdek, yuksak martabali mehmon BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va tizimli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ma’lum qilgani nihoyatda muhim.

    Boshqa uchrashuvlarda ham O‘zbekiston va BMT institutlari, jumladan, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida tomonlarda o‘zaro qiziqish mavjudligi qayd etildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

    Oliy komissar Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Harakatlar strategiyasi” juda jiddiy va yorqin dastur ekanini alohida ta’kidladi. Unda BMT g‘oyalari, inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar o‘z ifodasini topganini qayd etdi.

    BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan boshqa oliy qadriyatlarni himoya qilishga oid masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi. “Harakatlar strategiyasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlar ijrosida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtiroki, korrupsiyaga qarshi kurashish, BMTning Nogironlar huquqlarini himoya qilish konvensiyasini ratifikatsiya qilish bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari tashabbusi kabi qator masalalarga e’tibor qaratildi.

    Eng muhimi, barcha uchrashuv va muloqotlarda Zayd Raad al-Husayn O‘zbekistonga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat ekanini, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidladi.Oliy komissar O‘zbekistonda qabul qilinayotgan har bir yangi qonun hujjati inson huquqlariga taalluqli xalqaro standartlarga muvofiqlik jarayonidan o‘tishini yuqori baholadi. U, shuningdek, so‘nggi 8 oy mobaynida davlat rahbari tashabbusi bilan fuqarolar huquq va erkinliklari ishonchli himoyasini ta’minlashga qaratilgan qonunlar, farmon hamda qarorlar qabul qilinganini e’tirof etdi.

    Shuningdek, Zayd Raad al-Husayn O‘zbekistondagi xalq bilan muloqot, korrupsiyaga qarshi kurash hamda so‘z erkinligi borasida olib borilayotgan ishlarning tahsinga sazovor ekanini ta’kidladi. Hukumatning amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha monitoring olib borishiga e’tibor qaratib, bu ham mamlakatda shaffof muhit yaratishdagi muhim ijobiy jihat ekanini qayd etdi. 

    Bundan tashqari, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini, jumladan, chegaralarni belgilash singari nozik masalalarda amaliy natijalarga erishilayotganini yuqori baholadi.

    — Tashrif yakunlari bo‘yicha qanday amaliy natijalarga erishildi?

    — O‘zbekiston BMT Oliy komissari boshqarmasi bilan quyidagi yo‘nalishlarda izchil hamkorlikni amalga oshirishi haqida kelishib olindi:

    birinchidan, “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlash va yordam berish;

    ikkinchidan, inson huquqlariga oid, shu jumladan, xotin-qizlarning tengligini amalda ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish borasida hamkorlik qilish;

    uchinchidan, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, xususan, Ombudsman va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz bilan yaqindan hamkorlik qilish va o‘zaro tadbirlar – turli anjumanlar, davra suhbatlari o‘tkazish;

    to‘rtinchidan, inson huquqlari bo‘yicha ta’lim tizimini takomillashtirish, bu borada o‘quv qo‘llanmalari, risolalar va dasturlar bilan yordam berish;

    beshinchidan, Oliy komissarning Mintaqaviy ofisi bilan hamkorlik o‘rnatish;oltinchidan, BMTning maxsus mexanizmlari, ayniqsa maxsus ma’ruzachilari va shartnomaviy organlari bilan hamkorlikni kengaytirish;

    yettinchidan, BMTning Umumiy davriy hisoboti doirasida hamkorlik qilish;sakkizinchidan, O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va ularga muqobil ma’ruzalar tayyorlashda amaliy yordam berish;

    to‘qqizinchidan, O‘zbekiston mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistlarning kasbiy malakasini oshirishga ko‘maklashish;

    o‘ninchidan, BMTning inson huquqlariga oid xalqaro shartnomalarini, jumladan, Nogironlar to‘g‘risidagi konvensiyani, Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning fakultativ protokolini ratifikatsiya qilish;

    o‘n birinchidan, Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan majburiy mehnatning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

    — BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining O‘zbekistonga tashrifi qanday amaliy ahamiyatga ega, deb o‘ylaysiz? 

    — Avvalo, bu BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining mamlakatimizga ilk tashrifidir. Bu, tom ma’noda, tarixiy tashrifdir. Hech shubhasiz, ushbu tashrif g‘oyat yuksak darajada o‘tdi.Zayd Raad al-Husayn janoblarining tashrifi O‘zbekiston rahbariyati bilan BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro tushunish va intilishlar mushtarakligini tasdiqladi. Mazkur tashrif amaliy hamkorligimiz uchun yangi imkoniyatlar va yo‘nalishlar ochdi. Ayniqsa, ushbu tashrif O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yangi, yuksak bosqichga ko‘targani bilan ulkan ahamiyat kasb etadi.

    18.05.2017, 09:47   Izoh (0)   5802
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Shahrixondagi epidemik vaziyat barqarorlashtirildi”. FVV va SSV muzqaymoqdan zaharlanish hodisasi yuzasidan rasmiy axborot berdi

    17.05.2017, 23:22

    Aholining biri boshqasiga zid talab va shikoyatlari, qishloqlarga internetni olib kirishdagi muammolar, Toshkent metrosiga xalal berayotgan teraktlar. AKTV rahbari...

    17.05.2017, 22:35

    Andijonda muzqaymoqdan zaharlanganlar, muzokaralar uchun O‘zbekistonga kelgan Google vakillari, Sirdaryoga safar qilgan Shavkat Mirziyoyev va kunning boshqa muhim

    17.05.2017, 21:46

    Shavkat Mirziyoyev yana Turkmanistonga boradi

    17.05.2017, 20:03

    Shavkat Mirziyoyev Xovos tumanidagi yiliga 150—200 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan issiqxonani ko‘zdan kechirdi

    17.05.2017, 19:12

    Shavkat Mirziyoyev va Hasan Ruhoniy bir-birini qutladi

    17.05.2017, 18:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vyetnamdagi to‘fonda 5 kishi halok bo‘lib, 2 kishi bedarak yo‘qoldi

    Dunyo | 15 iyun, 23:34

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Bavariya” “Oklend Siti” darvozasiga javobsiz 10 ta gol urdi

    Sport | 15 iyun, 23:24

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.