Respublikachi senator Jon Makkeyn AQShdan Turkiyaning ushbu mamlakatdagi elchisini chiqarib yuborishni taklif qildi. Bunga Turkiya elchisining Vashingtondagi qarorgohi oldida ro‘y bergan tartibsizliklar sabab qilib ko‘rsatildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Biz ularning elchisini AQShdan chiqarib yuborishimiz kerak. Bunday voqealar javobsiz qolmasligi lozim”, — dedi senator MSNBC telekanaliga bergan intervyusida.
Makkeynning qo‘shimcha qilishicha, ushbu voqea munosabati bilan sud surishtiruvi olib boriladi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning AQShga tashrifi kuni Vashingtondagi elchixona oldida Erdo‘g‘onning tarafdorlari va unga qarshilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Buning oqibatida to‘qqiz kishi shifoxonaga yotqizildi.
Izoh (0)