AQSh Eron harbiy-sanoat kompleksi korxonalarining ikki oliy martabali mansabdorini, shuningdek, shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan kompaniyani sanksion ro‘yxatlarga kiritdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligining saytida ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, ro‘yxatga Xitoyning uch kompaniyasi va XXRning bir nafar fuqarosi kiritildi. Reuters’ning aniqlashtirishicha, ularning barchasi Eronning yadroviy va raketa dasturlariga aloqadordir.
Bunga javoban Eron tashqi ishlar vazirligi AQShning to‘qqiz nafar jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
Izoh (0)