Buyuk Britaniya bosh vaziri Terez Mey Trampning Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga o‘ta maxfiy ma’lumotlarni taqdim etgani haqidagi xabarlarga izoh berib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uning fikricha, AQSh prezidenti axborotni kimga ulashishni o‘zi hal qilish huquqiga egadir. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Buyuk Britaniya AQSh bilan razvedka ma’lumotlarini almashishda davom etadi.
“Tramp kim bilandir Oq Uyda muhokama qiladigan narsalar prezident Trampning shaxsiy ishidir. Biz AQSh bilan razvedka ma’lumotlarini almashishda davom etamiz”, — ta’kidladi hukumat rahbari.
Oldinroq The Washington Post nashri Donald Tramp Oq Uydagi muzokaralar chog‘ida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyakka mutlaqo maxfiy ma’lumotni yetkazganligini taxmin qilgandi. Senat vakili Jon Makkeyn AQSh prezidenti maxfiy axborot bilan bo‘lishish huquqiga egaligini aytgan edi.
Tramp ham Twitter orqali buni tasdiqladi.
Putin bu xabarlarni “siyosiy shizofreniya” deb baholadi.
Izoh (0)