Operator Ammar Alvayeli GoPro kamerasi tufayli bir o‘limdan qoldi. IShID snayperining o‘qi muxbirning ko‘ksiga mustahkamlab qo‘yilgan kameraga tegib, uni teshib o‘ta olmadi, deb xabar beradi TJournal.
Mosulda bo‘lib o‘tgan voqeani The Sun nashri muxbiri Ouen Xoldauey tasvirga tushirdi. U o‘q kameraga tekkanini qayd qildi.
“Boshida men nima bo‘lganini tushunmadim. Men yerga yiqilib, o‘girila olmadim, shu bois Ammarga nima bo‘lganini ko‘ra olmadim. Oxir-oqibat boshimni ko‘tardim va o‘q mening eski GoPro kameramga tekkanini ko‘rdim. Men kamerani unga bir necha kun oldin sovg‘a qilgan edim”, — hikoya qildi Xoldauey.
Video kadrlaridan ma’lum bo‘lishicha, kamera shishasi sinib, operatorning yuzini kesgan, ammo unga jiddiy jarohat yetmagan. Shunga qaramay, Alvayeli shifoxonaga olib borilgan va unga osma ukol qilingan.
“Bir necha santimetrlar bo‘lmasa, snayperning bu o‘qi o‘limga olib kelishi mumkin edi”, — deb izoh berdi voqeaga jurnalist.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)