Yadroviy nazorat bo‘yicha ekspert, Kolumbiya okrugida istiqomat qiluvchi 25 yoshli Kara Makkallou yangi “AQSh go‘zali” bo‘ldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
AQSh yadroviy nazorat komissiyasi xodimasining asosiy raqibalari Nyu-Jersida yashovchi talaba Chavi Verg hamda Minnesota shtati vakilasi Meredit Gould edi. Ammo aynan Makkallou xonim Las-Vegasda o‘tgan tanlovda birinchilikni qo‘lga kiritdi.
Kara Makkallou Neapolda dunyoga kelgan, keyinchalik Virjiniya shtatiga ko‘chib o‘tgan.
Mamlakat go‘zali toji uchun 51 ma’muriy bo‘linma vakilalari kurash olib bordi. Taqdirlash marosimi 14-may kuni bo‘lib o‘tdi. Shouning taklif etilgan mehmonlari Cirque du Soleil artistlari bo‘ldi.
Izoh (0)