Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

IShID terrorchilik guruhi jangarilari Frotda joylashgan Dura-Yevropos shaharchasidagi qadimiy haykallarni vayron qildi, deb yozadi “TASS”. Terrorchilar saytlarida ular qadimiy haykallar va barelyeflarni bolg‘alar bilan buzayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi.

Videodan kadr

Videodan kadr

Dura-Yevropos Bu-Kemal shahridan g‘arbdagi Kalaat-as-Solihiya aholi punkti yonida joylashgan. Eramizdan avvalgi 300-yillarda Selevk 1 Nikator tomonidan qurilgan qal’a 165-yilda Rim qo‘liga o‘tgan. U yerda topilgan yodgorliklarning ko‘pchiligi antik davrga tegishli.

Urushga qadar qazish ishlari olib borilgan joyda ochiq osmon ostidagi muzey tashkil qilingan edi, uni IShID varvarlari talon-taroj qilib ketdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi