“Bir makon, bir yo‘l” forumi doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir qator mamlakatlarning rahbarlari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muloqot qildi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan qisqa muzokara o‘tkazganini bildirib o‘tdi.
Bundan tashqari, Peskov Rossiya rahbari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston yetakchisi Almazbek Atambayev bilan suhbatlashganini bildirib o‘tdi.
Suhbat tafsilotlari hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)