AQShning Fox News telekanalidagi ClapBack ko‘rsatuvi boshlovchisi Juli Roginski efirni rus tilida boshladi va shu tilda yakunladi, deb xabar bermoqda TJournal.
“Juli Roginski ishtirokidagi ClapBack ko‘satuviga xush kelibsiz. Biz bu yerda Twitter’ni bizga har kuni dahshatli narsalarni yuboradigan barcha odamlardan himoya qilamiz”, – deb rus tilida so‘zladi boshlovchi.
Shundan so‘ng Roginski ingliz tiliga o‘tdi va ko‘rsatuvni kutilmagan tarzda boshlanishi sababini piching bilan tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u “potensial mehmonlar”ga (ya’ni ruslarga) ularning tilini bilishini ko‘rsatib berishga urindi.
Ularga (ruslarga) barchasini tushunishimni ko‘rsatib bermoqchi edim. Ular hech narsa qilmasa ham bo‘ladi, ammo aslida ular har kuni asta-sekin hukumatimizni qo‘lga olmoqda. Ushbu yo‘ldagi eng so‘nggi qadam – FQB direktori Jeyms Komining ishdan ozod etilishi bo‘ldi.Ko‘rsatuv boshlovchisi, shuningdek, Donald Trampni Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovni Oval kabinetda amerikalik jurnalistlarsiz qabul qilganlikda aybladi.Juli Roginski, ClapBack ko‘rsatuvi boshlovchisi
Bu suratlarni qayerdan oldik deb o‘ylaysiz? Suratlar uchrashuv vaqtida o‘sha yerda bo‘lgan “TASS” agentligi jurnalisti olgan. Balki u yana qandaydir ayg‘oqchi moslamalarini kabinetda qoldirib ketgandir.Juli Roginski Trampni qo‘llab-quvvatlayotgan amerikaliklarni ham tinch qo‘ymadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “tashqi xorijiy mamlakat” tahdididan saqlanish kerak. Ko‘rsatuv yakunida Roginski “Leningraddagi Volodyaga” salom yo‘lladi va yana rus tiliga o‘tdi.Juli Roginski, ClapBack ko‘rsatuvi boshlovchisi
Bizning demokratiya sizlardan kuchliroq, sizlar g‘olib bo‘lmaysiz! Boshqa muxlislarga esa – siz bilan Juli Roginski bo‘ldi.Bu Rossiyaning AQShga ta’sir o‘tkazayotganiga urg‘u berilishning birinchi misoli emas. The New Yorker gazetasining mart oyidagi nashri muqovasi rus tilida chiqqandi. Barri Blitt muallifligidagi suratda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning monokl yordamida kapalak obrazidagi Donald Trampga qarayotgani aks etgan.Juli Roginski, ClapBack ko‘rsatuvi boshlovchisi
Izoh (0)