Avstraliyalik qiz bir yildan ortiq vaqt davomida sevgan yori tomonidan sovg‘a qilingan taqinchoqni ichiga nikoh uzugi yashirilganidan bexabar taqib yurdi. Bu haqda The Independent nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabar berilishicha, Terri ismli yigit sevgilisi Annaga tanishganlari munosabati bilan sovg‘a taqim qilgan. Yog‘ochdan ishlangan taqinchoqni yigit o‘z qo‘li bilan yasagan va uning orasiga uzuk yashirib qo‘ygan.
Bir yarim yildan so‘ng Terri Shotlandiyaga safarlari chog‘ida ushbu sirni ochgan va taqinchoq ichidan uzukni olib qizning qo‘lini so‘ragan.
Hozirda yoshlar o‘z to‘ylarini o‘tkazishni rejalashtirgan uy uchun pul yig‘moqda.
Izoh (0)