Shveysariyaning “Pyui” klubi futbolchisi o‘z jamoasi darvozasiga qaychi uslubida chiroyli gol urdi. Jamoa darvozaboni bu zarbani qaytara olmadi, deb yozadi Meduza.
“Pyui” klubi 3-may kuni Vo kantoni kubogi uchun yarim final bahsida “Renan”ga qarshi bahs olib borgan edi. Avtogolga qaramay, “Pyui” mag‘lub bo‘lgani yo‘q: o‘yinning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari durang bilan yakunlandi, penaltilar seriyasi “Pyui” g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.
Klub saytida g‘alaba haqida axborot berilgan, biroq betakror avtogol haqida lom-mim deyilmagan.
Izoh (0)