Boku mezbonlik qilayotgan “Islom birdamlik o‘yinlari”ning 13-may kungi musobaqalarida O‘zbekiston sportchilari delegatsiya hisobiga 8 ta medalni yozib qo‘ydi.
Oltin
Sadriddin Saymatov (karate)Karatening -60 kilogramm vaznida tatamiga chiqqan Sadriddin Saymatov barcha raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Finalda u turkiyalik Kayya Aykut bilan jang qilib, yakunda o‘zbekistonliklar uchun ilk oltin medalni olib berdi.
Ahamiyatli tomoni shundaki, Saymatov jang yakuniga ikki soniya vaqt qolganida ham 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib turgandi. Uning yakuniy zarbasi hal qiluvchi rolni o‘ynadi va ippon bahosini qo‘lga kiritgan Sadriddin qo‘shimcha 3 ochko ishlab olishga muvaffaq bo‘ldi.
Kumush
Anastasiya Serdyukova, Nuriniso Usmonova, Sabina Toshkentboyeva (badiiy gimnastika)Badiiy gimnastikaning jamoaviy bellashuvlarida o‘zbekistonlik qizlar delegatsiya uchun ilk kumush medalni olib berdi. Trio tomonidan bajarilgan elementlar 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Oltin medal ozarbayjonlik qizlarga nasib qilgan bo‘lsa, bronza Turkiya termasiga ketdi.
Bronza
Saidxon Sayfuddinov (o‘q otish)Sakina Mamedova (o‘q otish)Barno Mirzayeva (karate)Doston Otabolayev (karate)Diyor O‘rozboyev (dzyudo)Gulruh Rahimova (dzyudo, paralimpiya)Delegatsiya safida ilk medalni o‘q otish musobaqasida Saidxon Sayfuddinov qo‘lga kiritdi. Keyin esa unga ayollar musobaqasida hamkasbi Sakina Mamedova ergashdi.
Karateda bronza uchun uch o‘zbekistonlik tatamiga chiqdi. Ular orasidan faqatgina Iqbol Uzoqov medalsiz qoldi.
-70 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqayotgan Gulruh Rahimova dzyudoning medal uchun bellashuvida turkiyalik O‘zguryok Oytinni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Diyor O‘rozboyev esa medal uchun jangda marokashlik raqibi Yosin Moudatirni mag‘lub etdi.
Izoh (0)