Samarqand shahri ko‘chalaridagi kameralar quyoshdan quvvat oladi. Ayni paytda ko‘chalar va chorrahalarda YHX qoidalari buzilishini qayd qilish tizimini ishga tushirish uchun kerak bo‘lgan quyosh batareyalari o‘rnatilmoqda, deb xabar beradi UzNews.
YHXB viloyat bo‘limi boshlig‘i Ravshan Toshmurodovning xabar qilishicha, yaqin vaqt ichida Samarqandda foto va videofiksatsiya tizimi, shuningdek, qoida buzgan haydovchilarga jarima solish mexanizmi ishga tushiriladi.
Ushbu mexanizmning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun ayni paytda chorrahalarda quyosh batareyalari o‘rnatilmoqda.
Yangi tizimga kiritilgan svetoforlar faoliyatining optimizatsiyasi natijasida yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati yaxshilanadi. Bu transport vositalarining svetoforda turish vaqtini 20–25 foizga qisqartiradi, gazlar chiqarilishini 5–15 foizga, yoqilg‘i sarfini 5–15 foizga kamaytiradi, bu esa shaharning ekologik ahvolini yaxshilaydi.
Izoh (0)