Toshkentning “Bunyodkor” klubi sobiq bosh murabbiyi Sergey Lushchan amaldagi bosh murabbiy Mirjalol Qosimov haqida fikr bildirdi. Bu haqda “Championat.asia” sayti “Futbol Ekspress” nashriga asoslanib xabar berdi.
Mirjalol Qo‘shoqovichni hurmat qilaman va O‘zbekistondagi eng yaxshi murabbiylardan biri deb bilaman. “Bunyodkor”ga qaytish uning uchun yanada omadli chiqishini tilayman.Ma’lumot uchun, Mirjalol Qosimovning “Bunyodkor”dagi ilk o‘yini bugun — 12-may kuni G‘uzorda “Sho‘rtan”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bu umumiy hisobda Qosimovning “Bunyodkor” bilan Oliy ligadagi 120-o‘yini bo‘ladi.Umid qilamanki, Qosimov jamoada qiyinchiliklarga duch kelmaydi. Tanaffus vaqtida tarkibga 3—4 mahoratli futbolchilar jalb etilsa, klub o‘yini yanada kuchayadi.
Sergey Lushchan, “Bunyodkor” bosh murabbiyi
Izoh (0)