Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko taklifiga binoan mamlakat maktablarida darslar ertalabki soat 9:00 dan oldin boshlanmaydigan qilib belgilanishi mumkin. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Biz maktab ishining grafigini o‘zgartirishimiz kerak”, — dedi Lukashenko.
Uning qo‘shimcha qilib aytishicha, ayrim ota-onalar dars soatlarini ko‘chirishga qarshi chiqmoqda.
“Ammo birinchi galda bolalarning sog‘lig‘i hamda ularning o‘zlashtirish darajasi haqida o‘ylash kerak”, — xulosa qildi mamlakat prezidenti.
Izoh (0)