Rossiyaning Yamal yarim orolida joylashgan Noyabrsk shahrida bolalar ikki uy o‘rtasidagi bo‘shliqda hosil bo‘lgan ulkan ko‘lmakdagi muzlik ustiga chiqib, ko‘lmak orasida qolib ketdi. Mahalliy aholi qutqaruvchilarni chaqirishga majbur bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.
Voqea aks etgan videorolik YouTube’da e’lon qilindi. Undan ma’lum bo‘lishicha, ko‘lmak u qadar chuqur bo‘lmagani bois favqulodda xizmatlar xodimlarini bolalarni tezda qutqarib olgan.
Izoh (0)