1600 dan ziyod muhojir Parijning shimoliy qismidagi qochoqlar lageridan ko‘chirildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Lagerdan ko‘chirilgan jami 1609 nafar kishi qochoqlarni joylashtirish bo‘yicha idoraga yo‘naltirildi.
Lagerda Afg‘oniston, Sudan va Eritreyadan kelgan fuqarolar yashar edi.
Avvalroq Fransiya hukumati Parijning shimoli-sharqidagi qochoqlar lagerlarini bo‘shata boshlagani, ushbu jarayonda 350 nafar politsiya xodimi ishtirok etgani xabar qilingan edi.
Izoh (0)