Meksikada vazni 600 kilogrammga yaqin dunyodagi eng og‘ir odam Xuan Pedro Franko oshqozonini shuntlash bo‘yicha muaffaqiyatli operatsiyani boshdan kechirdi. Bu haqda 10-may, chorshanbaga o‘tar kechasi shifokorlar ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Biroq endi u o‘zgarishga qanday ta’sirlanishini kutishimizga to‘g‘ri keladi. Barchasi yaxshi bo‘lishiga umid qilamiz”, — deydi jarroh Xose Kastaneda.
Operatsiyadan oldin 33 yoshli Pedro Franko jarrohlik amaliyoti oldidan vazn tashlash uchun bir necha oy qat’iy parhez saqladi. Parhez natijasida u 175 kilogramm vazn tashladi.
Mahalliy OAVlarining ma’lum qilishicha, Pedro Franko semirib ketganligi tufayli to‘shakka mixlanib qolgan va olti yil davomida uyini tark etmagan. Erkak 17 yoshida jiddiy avariyani boshdan kechirgandan so‘ng tezda vazn to‘play boshlagan.
Izoh (0)