Kemerovo viloyatida 3 yoshli bolakay 5-qavat derazasidan tushib ketib, og‘ir jarohatlar oldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyatdagi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘il bola uyda ota-onasi bilan birga bo‘lgan. Atigi bir necha daqiqa nazoratsiz qolgan bolakay derazadan uchib o‘tayotgan samolyotni ko‘rib, deraza tokchasiga chiqadi va 5-qavatdan tushib ketadi. Uning yo‘qligini payqagan kattalar bolaning pastda, asfaltda yotganini ko‘rib, tez yordam chaqiradi”, — deya aniqlik kiritdi matbuot xizmati.
Bola og‘ir holatda kesalxonaga yotqizildi. Hozirda yuz bergan hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)