Markaziy Meksikaning Puebla shtatida joylashgan pirotexnik vositalar omborida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
Portlash natijasida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi.
Meksikaning Televisa telekanali qurbonlardan kamida besh nafari bolalar ekanligini ma’lum qildi.
Portlashga mushakbozlik natijasida omborga tushgan mushak sabab bo‘lgani qayd etildi.
Izoh (0)