Isroil TIV Turkiyaning mamlakatdagi elchisi Kamol Okemni chaqirib, Rajab Toyib Erdo‘g‘onning Isroil haqidagi so‘zlari yuzasidan tushuntirish so‘radi. Bu haqda, The Jerusalem Post nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Ilgariroq Erdo‘g‘on musulmonlarni Quddusdagi Ibodatxona tog‘ida joylashgan al-Aqso masjidiga imkon qadar ko‘proq borishga chaqirgan edi, negaki, uning fikricha, Quddus ayni kunlarda Isroil tomonidan bosib olingandir.
“O‘z mamlakatida tizimli tarzda inson huquqlarini buzayotganlar mintaqadagi yagona demokratiyaga aql o‘rgatmasligi lozim”, — dedi Isroil TIV vakili Emmanuel Nachson.
Izoh (0)