Buyuk Britaniyaning Cheshir grafligida istiqomat qiluvchi 12 yoshli qiz – Rajgauri Pavar aql koeffitsientini aniqlaydigan IQ-testida 162 ball to‘pladi. Bu haqda The Independent nashriga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Test Manchester shahrida o‘tkazildi. Rajgauri qayd etgan natija 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun maksimal ekani qayd etilmoqda. “Daholar” bahosi 140 balldan boshlanadi. Taniqli fizil olimlar Albert Eynshteyn va Stiven Xokingning IQ natijalari 160 ballga baholanadi.
The Times of India gazetasining qayd etishicha, test natijalari e’lon qilingach qizchaga Buyuk Britaniyaning Mensa jamiyati – yuqori aql koeffitsientiga ega bo‘lganlar klubiga a’zo bo‘lish taklif qilindi.
Izoh (0)