Janubiy Sudanda 2013-yili mojaro boshlanganidan beri 1 milliondan ortiq bola o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda BMT Bolalar fondi va Qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissar boshqarmasi vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Boshqarmaning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar Janubiy cudanlik 1,8 milliondan ortiq qochoqning 62 foizini tashkil etadi. Ularning aksariyati Uganda, Keniya, Efiopiya va Sudanda boshpana izlamoqda.
Mamlakatning o‘zida mojaro boshidan beri mingdan ortiq bola o‘ldirildi yoki jarohatlandi. 1,14 million bola esa uyini tark etishga majbur bo‘ldi.
Izoh (0)