Emmanuel Makron Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqish shartlari bo‘yicha muzokaralarda qattiqqo‘llik bilan ish ko‘radi, biroq qirollikni tuzilmani tark etish qarori uchun jazolash niyatida emas. Bu haqda Fransiyaning saylangan prezidenti maslahatchisi Jan Pizani-Ferri ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Maslahatchiga ko‘ra, Buyuk Britaniya va Yevropa davlatlari o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalar uzilishidan hech kim manfaatdor emas. Aksincha, muzokaralar tomonlari iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida hamkorlik saqlanib qolinishi maqbulligini anglab yetadi.
“Shu bilan birga, mazkur muzokaralarning ayrim qirralari bo‘yicha turlicha yondoshuvlarga egamiz. Muzokaralar qiyin kechadi, Makron ham qiyin muzokarachi bo‘ladi. Biroq, u Yevroittifoq mustahkamlanishini maqsad qilgan bo‘lsa ham, Buyuk Britaniya tuzilmadan chiqishga qaror qilgani uchun jazolanishiga intilmaydi”, — deya ta’kidladi Jan Pizani-Ferri.
Izoh (0)