O‘rtayer dengizida kemaning halokatga uchrashi oqibatida kamida 80 migrant halok bo‘ldi. Bu haqda ANSA agentligi halokatda omon qolgan va Sitsiliya orolidagi Possallo portiga yetkazilgan 40 kishining so‘zlariga asoslanib xabar bermoqda, dez yozadi “TASS”.
Kema bortida jami 120 kishi bo‘lgan. Liviya qirg‘oqlaridan yo‘lga chiqqan kema suvga to‘la boshladi va uning ichidagi migrantlar ochiq dengizda qolib ketdi.
Kema bortida bo‘lgan yo‘lovchilarning atigi uchdan ikki qismi qutqaruvchilar tomonidan qutqarib qolindi. Raguza prokuraturasi hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Italiya qirg‘oq himoyasi xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir sutka davomida Italiyaning janubiy qirg‘oqlarini Liviya sohillaridan ajratib turuvchi Sitsiliya bo‘g‘ozida 3 ming migrant qutqarib qolindi.
Izoh (0)