Qozog‘istonning Ko‘kshetau shahridagi No‘yon hazrat masjidi imom-xatibi Kanat Kidirmin juma namozidan so‘ng ko‘p bolali onaga avtomobil sovg‘a qildi. Bu haqda “Azan.kz” xabar bermoqda.
Kutilmagan voqea imomni Ostonaga kuzatish marosimi chog‘ida ro‘y berdi. Marosimda mahalliy tadbirkorlar Kanat Kidirminga minnatdorlik ramzi sifatida Toyota Camry avtomobilini taqdim etdi.
Mashina kalitini olgan imom uni kvartira xarid qilishi uchun mazkur masjid farroshiga topshirishini ma’lum qildi. Turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng bir o‘zi 7 nafar bolani tarbiyalab kelayotgan ayol ijara uyda yashayotgandi.
Izoh (0)