Fransiya Ichki ishlar vazirligi mamlakatdagi prezidentlik saylovining yakuniy natijalarini e’lon qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

100 foizlik byulletenlar hisob-kitobi bo‘yicha “Olg‘a!” harakati yetakchisi Emmanuel Makron 66,1 foiz ovoz to‘plagan. Saylovchilarning 20 753 798 nafari o‘z ovozini Makronga bergan.

“Milliy front” partiyasining yetakchisi Marin Le Penga esa 10 644 118 fransiyalik (33,9 foiz) ovoz bergan.