Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Venesuelada hukumatga qarshi namoyish o‘tkazganlarni xavfsizlik kuchlari tomonidan tarqatib yuborilishiga norozilik bildirgan 85 nafar harbiy xizmatchi qo‘lga olindi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Foto: “Ukrinform”

Foto: “Ukrinform”

“85 nafar harbiydan iborat guruh qo‘lga olindi, ma’lumotlarga ko‘ra yana boshqalar ham bor. Bu odamlar Milliy gvardiya va politsiya harakatidan norozi”, — deb mahalliy muxolifat yetakchisi, Miranda shtati gubernatori Enrike Kapriles so‘zlaridan parcha keltirdi “TASS”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab harbiylar xizmatdan ketishni istamoqda, biroq rasmiylar ularning talabini qondirishga rozi emas. Venesuela hukumati namoyishchilarni tarqatib yuborishda mahbusllardan foydalanishni rejalashtirmoqda, deya qo‘shimcha qildi Kapriles.

Eslatib o‘tamiz, Venesuelada hukumatga qarshi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni 37 kishiga yetdi, 700 dan ortiq odam jarohat olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonlik olimlar onkologik kasalliklarni 99 foizgacha davolaydigan dori ishlab chiqardi
Dunyo
Turkiyada erkak o‘zi bilan birga yashagan o‘zbekistonlik ayolni tosh bilan o‘ldirib, jasadini bo‘laklab, muzlatkichda saqlagani aniqlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektromobillar sotuvi rekord darajaga yetdi