Toshkent shahar hokimiyati huzurida yaratilgan maxsus ishchi guruh joylarda hukumat qo‘ygan vazifalarning bajarilishini nazorat qilib boradi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Bu haqdagi axborotni Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov poytaxt ma’muriyatida 5-may kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishi chog‘ida berdi.
Uning ma’lum qilishicha, inspeksiya va tekshiruvlar chog‘ida ishchi guruh OAV va TV vakillarini ham jalb qiladi.
Guruh joylarda bo‘lib, qo‘yilgan vazifalarning bajarilish holati bilan tanishadi, shuningdek, agar zarurat bo‘lsa, ular muddatida bajarilmasligining sabablarini aniqlaydi.
Izoh (0)