Yoqutistonning Neryungri shahrida maktab o‘quvchisi yo‘l harakatini tartibga soluvchi vazifasini ishonchli bajarib, yo‘ldan o‘zining tengdoshlari va kuchukni o‘tkazib qo‘ydi. Voqea tasvirga olingan video Reddit portalida mashhurlikka erishdi.
Qizaloq piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashib kelayotgan mashinalarni to‘xtatib, qo‘li yordamida tengdoshlariga yo‘ldan o‘tish mumkinligi haqida ishora qildi. Bolalar yo‘ldan o‘tib bo‘lgach, haydovchilarga yo‘lini davom ettirishiga ruxsat berdi. Qisqagina video Reddit’da 74 ming “layk” va ikki mingga yaqin izoh yig‘di.
Foydalanuvchilar maktab o‘quvchisining harakatini aniqligidan hayratga tushdi. Ba’zilarning ta’kidlashicha, u yo‘lni tartibga soluvchi xodimning harakatlarini to‘g‘ri bajargan.