Uchqo‘rg‘on shahridagi “Farg‘ona” mahallasida yashovchi Rahimjon Turdiyev (ism-shariflar shartli) ichki ishlar idoralariga murojaat qilib, tanishidan pul va chorvasini ololmayotganidan shikoyat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Uchqo‘rg‘on shahar, “Chek” mahallasida istiqomat qiluvchi Nodir Nozimov qurilish materiallari olib berish bahonasida Rahimjondan 4,6 million so‘m pulini olib, qaytarib bermaydi.
Shuningdek, 2014-yil bahorida narxi 6 million so‘mlik 12 bosh qo‘yni “boqib beraman” deb olib ketib, ularni ham hozirgi kunga qadar qaytarib bermagan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N. Nozimov tilxat orqali ochiqda qoldirildi.