Anqara sudi Wikipedia resursiga kirish imkoniyatini ochish borasida kiritilgan apellyatsiya da’vosini rad etdi. Bu haqda, Yeni Safak nashriga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Ilgariroq Wikipedia onlayn ensiklopediyasiga egalik qiluvchi Wikimedia notijorat kompaniyasi saytning Turkiya hududida bloklanishini bas qilishni talab qilib chiqqan edi.
Eslatib o‘tamiz, 29-aprel kuni Turkiyaning telekommunikatsion regulyatori Wikipedia’ni bloklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Anadolu agentligiga ko‘ra, Wikipedia Turkiya qiyofasini xalqaro sahnada qora ko‘rsatishga qaratilgan kampaniyaning bir qismiga aylandi. Xususan, Anqaraning “terrorchilik tashkilotlari bilan aloqalari” haqidagi matnlarni, qayta-qayta ogohlantirilishiga qaramay, chiqarib tashlashdan bosh tortgan.