O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-may, shanba kuni Toshkent shahrining Yashnobod va Mirobod tumanlarida bo‘ladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti 5-may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumaniga tashrif buyurishi haqida xabar berilgan edi.
Biroq, UzNews’ning hukumatdagi manbalari taqdim etgan axborotga ko‘ra, mazkur tashrif 6-may, shanba kuniga qoldirilgan.
Bundan tashqari, shu kuni Prezident shaharning boshqa bir tumani — Mirobodda ham bo‘lib, hududdagi holat bilan tanishadi.