Nobel mukofoti laureati Vangari Maatai “Biz daraxt ekayotganimizda tinchlik va umid urug‘larini qadaymiz” degan edi. Haqiqatan ham tabiat muvozanatini faqat yangi o‘simlik ekish orqali tiklash mumkin. Ular kelajakda bizga kislorod, soya va salqinlik bag‘ishlaydi.
Ekologik vaziyatni yaxshilash uchun butun dunyo bo‘ylab ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz ham bundan chetda qolgani yo‘q. 9-aprel kuni Murad Buildings yuzlab kishilarni bitta maqsad ostida birlashtirgan “Mening yashil O‘zbekistonim” aksiyasini ishga tushirdi.
Aksiya mohiyati juda oddiy: daraxt ekasiz, uning suratini Facebook’dagi sahifangizga joylaysiz, izohlarda bo‘lishasiz — shu bilan siz aksiya ishtirokchisiga aylanasiz va yettita Samsung Galaxy A5 smartfonidan birini qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘lasiz.
Loyiha ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratdi: aksiya haqidagi video Facebook’da 50 ming martadan ortiq tomosha qilingan. Asosiysi odamlar aksiyani nafaqat virtual olam, balki haqiqiy hayotda ham qo‘llab-quvvatladi.
Bor-yo‘g‘i yetti kun ichida o‘n mingdan ortiq ko‘chat ekildi, ulardan 1 500 tasi Murad Buildings tomonidan tekin tarqatilgan. Aksiya ishtirokchilarining aksariyati daraxtlarni birinchi yil ekmayotgani, aksiya ular uchun qo‘shimcha rag‘batga aylanganligini tan olishdi.
Bir necha minglab ishtirokchidan faqat 243 nafari tarmoqqa suratini joyladi. Bu aksiya ishtirokchilari uchun mukofot olish emas, xayrli ishni amalga oshirish muhim bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ular orasidan tasodifiy raqamlar generatori yordamida yetti nafar ishtirokchi tanlandi. Ularga va’da qilingan Samsung Galaxy A5 smartfonlari taqdim etildi.
“Shunday maqol bor: har bir erkak kishi o‘z hayoti davomida daraxt ekishi, uy qurishi va o‘g‘il voyaga yetkazishi lozim. Men turli aksiyalarda tez-tez ishtirok etib turaman, lekin biror marta ham yutuq yutib olmaganman. Endi orzular haqiqatan ham amalga oshishiga ishondim”, — deydi aksiyada telefon yutib olgan Murod S.
“Shunchaki, ko‘chat xarid qildim, uni uy oldiga ekib qo‘ydim, hech narsaga umid qilmagandim. Kutilmaganda videoda telefon yutib olganligimni ko‘rib qoldim. Mamlakatimizni ko‘kalamzorlashtira olishimiz va bunga qo‘shimcha ravishda buning uchun mukofot olishimiz mumkinligi juda ajoyib”, — deydi tanlovning yana bir ishtirokchisi Anton Sh.
“Facebook’dagi postni tasodifan ko‘rib qoldim. Nafaqat sovg‘a olish, balki shahrimizni ko‘kalamzorlashtirishda ishtirok etish menga qiziqarli ko‘rindi. Bu xayrli ish deb o‘ylayman”, — deydi Yelena M.
Aksiya tashkilotchilarining so‘zlariga qaraganda, ular mamlakat aholisining ushbu tadbirda faol ishtirokidan hayratga tushgan va bu kabi ekologik aksiyalarni muntazam o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Umumiy uyimiz kun sayin yashil bo‘lib borishi uchun bu kabi aksiyalarni imkon boricha tez-tez o‘tkazib turish kerakligiga ishonchimiz komil.
Reklama huquqi asosida!