Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Taniqli rejissor Devid Linch kinodan butunlay ketganini ma’lum qildi. Bu haqda u Sydney Morning Herald nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Devid Linch. Foto: Sydney Morning Herald

Devid Linch. Foto: Sydney Morning Herald

Linchning oxirgi to‘liq metrajli filmi 2006-yili chiqqan “Ichki imperiya” kartinasidir. Rejissor bu uning oxirgi ishi ekanligini ta’kidlamoqda.

“Ko‘p narsa o‘zgardi. Shu qadar ko‘p filmlar, garchi ular orasida buyuklari bo‘lsa ham, prokatda yomon natija qayd qildi. Natijada prokatda muvaffaqiyat qozongan filmlar men shug‘ullanishni istagan ishlarim bo‘lmadi”, — ma’lum qildi Linch.

Ayni paytda, u televideniyedagi ishini davom ettiradi. Shu yilning may oyida “Tvin Piks” serialining davomi chiqadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi