Super-og‘ir vaznda jahonning sobiq chempioni Ruslan Chagayev vatani O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar berdi “Olamsport”. Nashr bunda MMA_Uzbekistan Instagram sahifasidagi suratga asoslangan.
Rasmda Chagayev do‘stlari bilan somsa tanovul qilayotganini ko‘rish mumkin. Qayd etilishicha, ayni paytda Chagayev o‘zi tug‘ilgan Andijonda bo‘lib turibdi.
30-aprel kuni Toshkentda boks bo‘yicha Osiyo chempionati start olgandi. Ertaga — 5-may kuni musobaqaning yarim final janglari bo‘lib o‘tadi. Unga 10 nafar o‘zbekistonlik bokschining 9 nafari yo‘l olgan bo‘lib, Chagayev katta ehtimol bilan mana shu janglarni bevosita kuzatadi.
Izoh (0)