Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘z xatolaridan ko‘ra boshqalarning xatolaridan xulosa chiqarish yaxshiroq. Insider nashri milliarder Uorren Baffett tomonidan yo‘l qo‘yilgan yettita xatoga e’tibor qaratdi.

Foto: Insider

Foto: Insider

Juda tez qaror qilish

Milliarder tomonidan 2013-yilda Berkshire Hathaway aksiyadorlariga yo‘llangan maktubda u Energy Future Holdings kompaniyasining ikki milliard dollarlik qarzini sotib olganligi haqida gapirib bergan. Baffett mazkur xaridni amalga oshirishda o‘zining uzoq yillik hamkori Charli Manger bilan maslahatlashmagani uchun afsuslanadi.

Kompaniya salohiyatini har tomonlama baholash kerak

Baffett investitsiya kiritgan kompaniyalarning asosiy qismi o‘zini oqlagan. Biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan kompaniyalar ham bo‘lgan. Milliarder muvaffaqiyatsizlikda asosiy sabab sifatida kompaniyaga va bozor segmentiga noto‘g‘ri baho berishni ko‘rsatadi.

Raqobatchi izlash

Uorren Baffett o‘zining “eng daxshatli xatosi” sifatida Dexter Shoes’ni sotib olayotganda raqobatchilarni o‘rganmaganini aytadi. Xorijlik raqobatchilar sababli milliarder tomonidan kompaniyaga kiritilgan 443 million dollar havoga uchgan.

Agar pul “yaxshi turgan” bo‘lsa, investitsiya uchun sarflamaslik kerak

Baffett Dexter Shoes qarzlarini 2014-yilda o‘zining asosiy kompaniyasi Berkshire Hathaway aksiyalar paketi evaziga sotib olgan. Dexter Shoes’ning muvaffaqiyatsizligi sababli milliarder doimiy va yaxshi daromad kelib turgan manbadan mahrum bo‘lgan.

O‘z-o‘zidan ortiqcha shubhalanish kerak emas

1998-yilda Berkshire Hathaway kompaniyasi General Reinsurance Corparation’ni sotib olgan. Biroq tezda Baffett bu qarori noto‘g‘ri bo‘lgan deb o‘ylay boshlagan. Tashqi kuzatuvchilar ham Baffett yirik xatoga yo‘l qo‘ydi, deb hisoblagan. Biroq amaliyot ko‘rsatdiki, xato kompaniyani sotib olish emas, o‘zidan shubhalangani bo‘lgan.

Sotish vaqti kelganda, uzoq vaqt ikkilanish kerak emas

2013-yilda Tesco’ning aksiyalari Berkshire Hathaway’ning eng yirik aktivlari bo‘lgan. Bir yil o‘tgach Baffettning aksiyalar paketidan supermarketlar tarmog‘i joy olmagan. Baffett kompaniya aksiyalarini savdoga chiqarmaganligini o‘zining xatosi, deb hisoblaydi.

Biror ishni qilishni kechiktirish kerak emas

Baffett yo‘l qo‘ygan xatolardan biri vaqtliroq sotib olishi kerak bo‘lgan kompaniyani kechroq sotib olganidir. U Walmart’ning muvaffaqiyatlaridan 1990-yillarda hayratlangan, biroq kompaniyani 2005-yilda sotib olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi