Amerikalik aktyor Bred Pitt rafiqasi Anjelina Joli ajrashish uchun ariza bergandan so‘ng alkogolli ichimliklardan voz kechganligi va klyukvali sharbatga o‘tganligini ma’lum qildi. Bu haqda u 3-may, chorshanba kuni chop etilgan GQ jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Pitt oilaviy hayotini alg‘ov-dalg‘ov qilib, o‘ziga o‘zi jabr qilganligini tan oldi.
“Vino ishlab chiqaradigan korxonamiz bor edi, vinoni juda, juda yaxshi ko‘rishimga qaramasdan, uni yer bilan tekislab tashladim. Bundan bir muncha vaqtga uzoqlashishim kerak edi. To‘g‘risini aytganda, aroq ichish bo‘yicha ruslardan ham o‘tar edim. Bunda haqiqiy professional edim”, — dedi aktyor.
Aktyor spirtli ichimlik o‘rnini klyukvali sharbat va gazli ichimliklar bilan bosganligini ma’lum qildi.
U bir advokatning “Sudda hech kim yutib chiqmaydi, sudda kimga og‘irroq bo‘lishi hal etiladi” degan maslahatidan foydalanganligidan minnatdor ekanligini bildirdi. “Bu haqiqat bo‘lib chiqdi. Siz bir yil davomida sudda o‘z qarashlaringiz to‘g‘ri ekanligini, ular esa aksini isbotlashga urinadi. Keyin esa barchasi nafrat bilan tugashi ma’lum bo‘ladi. Men bundan voz kechdim, baxtimga, sherigim ham bunga rozi bo‘ldi”, — deydi aktyor.
Izoh (0)