AQSh qirg‘oq mudofaasi Arktika hududida Rossiya Federatsiyasi harbiy hozirligining o‘sib borayotganligidan tashvishlanmoqda. Bu haqda xizmat bosh qo‘mondoni Pol Zakanft ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Hozir u yerda allaqanday sxema tashkil etilayotganligini kuzatayapmiz. Bu tashvishlanishga sabab bo‘ladi, chunki biz bu harakatlar maqsadini bilmaymiz”, — dedi Zakanft.
Oktabr oyida AQShning Arktika bo‘yicha maxsus vakili Robert Papp Rossiyaning Arktikadagi harakatlari mudofaa xarakteriga ega ekanligini ma’lum qilgan edi.
Oxirgi yillarda Rossiya o‘zining shimoliy hududlarini faol o‘zlashtirishga, jumladan, uglevodorod qazib olish, shuningdek Shimoliy dengiz yo‘lini rivojlantirishga kirishdi.
Izoh (0)