Qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etgan Hasanboy Do‘stmatov Germaniyadagi JChga yo‘llanma oldi
Rio—2016 chempioni Hasanboy Do‘stmatov Osiyo chempionatining yarim finaliga yo‘l oldi va Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati chiptasini qo‘lga kiritdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan qit’a chempionatining ilk jangini Shri-Lankadan kelgan sportchiga qarshi o‘tkazib, zafar quchgan Do‘stmatov, chorak finalda qozog‘istonlik Jomart Yerjandan ustun keldi. “Olamsport” nashrining aniqlik kiritishicha, uch raund davom etgan jangning barcha raundida o‘zbekistonlik sportchi o‘z ustunligini namoyish qila olgan.
Izoh (0)