IShID terrorchilik guruhi Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida yuz bergan hamda NATO harbiylariga qaratilgan kuchli portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Avvalroq portlash oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani, 25 nafari jarohat olgani haqida xabar berilgandi.
Terrorchi-xudkush AQShning Afg‘onistondagi elchixonasi yaqinida NATO koalitsiyasiga tegishli transport vositalari o‘tib ketayotgan vaqtda o‘zini portlatdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)