Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Malaysia Airlines aviakompaniyasi Boeing samolyotining Ukrainadagi halokati oqibatida yaqinlarini yo‘qotgan avstraliyalik oila bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda 2-may, seshanba kuni aviatashuvchi tomonidan tarqatilgan bayonotda ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.

Foto: “Gazeta.ru”

Foto: “Gazeta.ru”

“Do‘stona va maxfiy kelishuvga erishildi”, — deya aniqlik kiritadi kompaniya. “Qarindoshlarining iltimosiga ko‘ra, kelishuv tafsilotlari oshkor etilmaydi”, — deya qo‘shimcha qiladi kompaniya vakillari. Xabarda bu qurbonlar qarindoshlari bilan birinchi kelishuv ekanligi ta’kidlanadi.

Avvalroq Entoni Maslin va Merit Norris halokatda uch nafar farzandi, shuningdek, Norrisning otasi qurbon bo‘lganligi uchun tovon to‘lashni talab qilib aviakompaniyaga qarshi da’vo kiritgan edi.

Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchayotgan Boeing 777 Malaysia Airlines yo‘lovchi samolyoti 2014-yilning 17-iyulida Donetsk viloyatining sharqida halokatga uchragan edi. Samolyotning 283 nafar yo‘lovchisi va 15 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan.

Qurbon bo‘lganlar orasida Entoni Maslin va Merit Norrisning 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan 3 farzandi va bolalarning buvasi ham bor edi. Entoni va Merit 2016-yilda yana ota-ona bo‘ldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2035-yilga borib aholi 45 milliondan oshishi kutilyapti — PMTI
Dunyo
Afg‘onistonda yuqori martabali amaldorlar “Tolibon” yetakchisini taxtdan ag‘darmoqchi 
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda