“Makdonalds” yemakxonalar tarmog‘i vakillari fri kartoshkasi uchun maxsus sanchqi taqdim etdi. Uskuna burgerdan chiqqan sousni yig‘ib olishda ishlatiladi, deb xabar beradi TJournal.
Tarmoq anonsini bergan yangi bekonli va tovuqli burgerlarda sous shunchalik ko‘pki, u katta miqdorda oqib chiqib ketadi. Mijozlar qo‘llarini sousga botirmasliklari uchun kompaniya Frork nomli maxsus sanchqi ishlab chiqdi.
Uskuna nomi fries — fri kartoshkasi va fork — sanchqi so‘zlaridan tuzilgan.
Kartoshka bo‘laklari sanchqining o‘ziga o‘rnatilib, sanchqi tishlari o‘rniga sousni yig‘ib olish uchun ishlatiladi.
Frork AQShning bir qancha restoranlarida 5-maydan cheklangan sotuvga chiqariladi. U faqat uchta yangi burger bilan birgalikda yetkazib beriladi.
Mazkur yangilik turlicha fikrlarga sabab bo‘ldi. Jumladan, SBNation jurnalisti uni “ahmoqona g‘oya” deb baholab, Pizza Hut pitsseriyalar tarmog‘ining 80-yillarda pitssali pirog sotuvga chiqarishga bo‘lgan urinishi bilan qiyosladi.
Twitter foydalanuvchilari ham kashfiyotning befoydaligini qayd etib o‘tdi.
— Isaiah Leslie (@Isaiah_Leslie) May 1, 2017
Izoh (0)