Yangi Zelandiya politsiyasi rasmiy ravishda dengiz cho‘chqasini ishga oldi. Eliot laqabli hayvon huquq-tartibot xodimlarining rasmiy timsoliga aylangani tufayli unga konstebl lavozimi berildi, deb xabar qildi “Mk.ru”.
Konstebl Eliot maxsus tikilgan kiyim — politsiya nimchasi va bosh kiyimda yuradi. Cho‘chqachaning vazifasi esa politsiya piar-kampaniyasida suratga tushishda ishtirok etishdan iborat. Misol uchun, Eliot aprel oyidagi maktab ta’tili tugagani sabab haydovchilarni yo‘llarda diqqatliroq bo‘lishga chaqiradi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)