Germaniyaning Dortmund shahri yaqinidagi temiryo‘l vokzalida tezyurar poyezd relsdan chiqib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Dyusseldorf shahridan Berlinga yo‘l olayotgan ICE-945 poyezdining jami uchta vagoni relsdan chiqib ketgani ta’kidlanmoqda. Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilinib, voqea joyida vertolyot chaqirilgan.
Avariya oqibatida ikki yo‘lovchi yengil jarohat olgani, ulardan biri shifoxonaga yetkazilgani xabar qilinmoqda. Hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan. Dortmund vokzali vaqtincha yopildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)