Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQSh prezidenti Donald Trampning Oq uyga qilgan taklifini hozircha rad etdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Duterte bandligi bois ushbu taklifga javob bermaganini ma’lum qildi.
“Yo‘q, chunki men bandman. Men hech qanday va’da bera olmayman”, — dedi Filippin yetakchisi.
U, shuningdek, Rossiya va Isroilga tashrif buyurishi lozimligini qayd etdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)